Toma Tabatadze – «Qo'qon-1912» jamoasi futbolchisi
Hujumchi faoliyati davomida Turkiya, Latviya, Litva, Grzuiya, Qozog'iston chempionatlarida faoliyat olib borgan.
Фото: Қўқон-1912 ПФК
Yangi mavsum oldidan yuqori maqsadlarni oldiga vazifa sifatida qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi yana bir mahoratli futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Jamoamiz rahbariyati hujum chizig'ini kuchaytirish va raqobatni oshirish uchun gruziyalik tajribali hujumchi Toma Tabatadze bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Mahoratli hujumchi faoliyati davomida Turkiya, Latviya, Litva, Grzuiya, Qozog'iston chempionatlarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toma yurtimizning "Navbahor" "Neftchi" va "Buxoro" kabi jamoalaridagi faoliyati bilan mutaxassislar va muxlislarning e'tirofiga sazovor bo'lgan.
“Toma Tabatadzega yangi mavsumda omad tilab qolamiz va jamoamiz bilan yuqori natijalarni erishishini tilab qolamiz”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist