locale OZ

Toma Tabatadze: «Qo‘qon-1912» bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazish juda muhim»

Futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toma Tabatadze: «Qo‘qon-1912» bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazish juda muhim»
Фото: Қўқон-1912 ПФК

"Qo‘qon-1912" jamoasi Tojikistonda yig‘inga kirishdi. Ushbu yig‘inga jamoamizning yangi legioneri Toma Tabatadze ham kelib qo‘shildi. Shu fursatdan foydalanib, jamoamiz matbuot xizmati jamoamizning yangi a'zosidan qisqa intervyu olishga qaror qildi.

"Qo‘qon-1912"ga qo‘shilish g‘oyasi qayerdan paydo bo‘ldi? Klubga kelishingizning asosiy sababi nima bo‘ldi deb o'ylaysiz?

— "Qo‘qon-1912"ga qo‘shilish g‘oyasi klub tomonidan ko‘rsatilgan qiziqish, bosh murabbiyning menga bo‘lgan ishonchi hamda jamoa qo‘ygan maqsadlar tufayli paydo bo‘ldi. Men uchun klubning menga haqiqatan qiziqishi va meni jamoaning muhim qismi sifatida ko‘rishi juda muhim edi. Shuningdek, klubning ambitsiyalari va natijalarga erishishga intilishi katta rol o‘ynadi.

— So‘nggi uch mavsumda O‘zbekistonning bir necha jamoasida o‘ynadingiz. O‘zbekiston Superligasini va undagi jamoalar darajasini qanday baholaysiz?

— O‘zbekiston Superligasi — ancha raqobatbardosh chempionat. Har bir mavsumda o‘yin tempi, jismoniy tayyorgarlik va taktik intizom oshib bormoqda. Ko‘plab jamoalarda yaxshi infratuzilma va sifatli futbolchilar bor, bu esa chempionatni qiziqarli va oson bo‘lmagan qiladi. Bu yerda har bir o‘yin maksimal darajadagi e’tibor va konsentratsiyani talab qiladi.

— Yangi mavsum oldidan o‘zingizga qanday maqsadlar qo‘ydingiz?

— Mening asosiy maqsadim — jamoaga maydonda ham, undan tashqarida ham imkon qadar ko‘proq yordam berish. Barqaror o‘yin ko‘rsatish, yaxshi natijalarga erishish va jamoaning chempionatda rivojlanishiga hissa qo‘shishni xohlayman. Shaxsan men uchun foydali bo‘lish, o‘z darajamni tasdiqlash va "Qo‘qon-1912" bilan muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazish juda muhim.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting