Tojikiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Shartnomaga ko‘ra, Stevanovich 2027 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi yakunigacha jamoani boshqaradi.
ФОТО: Getty images
Tojikiston terma jamoasiga serbiyalik mutaxassis Goran Stevanovich bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Stevanovich ushbu lavozimda ikki yil davomida terma jamoani boshqargan va yaqinda iste'foga chiqarilgan gruziyalik Gela Shekiladzening o‘rnini egalladi.
Shartnomaga ko‘ra, Stevanovich 2027 yilgi Osiyo Kubogi saralash bosqichi yakunigacha jamoani boshqaradi. Yangi bosh murabbiyga Milen Pavlovich va Radmilo Azaniyats yordam beradi.
Hozirda Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogi saralash bosqichi “B” guruhida ikki turdan so‘ng peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi o‘yinlar 9 va 14 oktabr kunlari Maldiv orollari terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist