locale OZ

Todibo «Vest Hem»dan «Lans»ga o‘tdi

Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
Todibo «Vest Hem»dan «Lans»ga o‘tdi
Фото: Lens FC

«Vest Hem» himoyachisi 26 yoshli Todibo «Lans»ga bir mavsumlik ijara asosida o‘tdi. Kelishuvda futbolchini sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.

Ma’lumot uchun, Todiboning «Vest Hem» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.

Fransiyalik himoyachi faoliyati davomida «Nissa», «Barselona», «Benfika», «Shalke» va «Tuluza» klublarida ham o‘ynagan.

O‘tgan mavsumda Todibo barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya milliy jamoasi tarkibiga chaqirilmagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting