locale OZ

Todd Bouli “Chelsi” prezidenti lavozimini tark etdi

Bu haqda “Chelsi” matbuot xizmati xabar berdi.
Todd Bouli “Chelsi” prezidenti lavozimini tark etdi
ФОТО: Getty images

Amerikalik biznesmen Todd Bouli “Chelsi” futbol klubi prezidenti lavozimidan iste’foga chiqdi. Shuningdek, u klubdagi o‘z ulushini sotadi. Bu haqda “Chelsi” matbuot xizmati xabar berdi.

Bouli va Mark Uolterning klubdagi ulushini Clearlake kompaniyasining sho‘ba korxonasi sotib oladi. Shu tariqa, mazkur kompaniya “Chelsi” ustidan to‘liq nazoratni qo‘lga kiritadi.

2022-yil 28-may kuni “Chelsi” Bouli tomonidan asos solingan BlueCo konsortsiumi tomonidan sotib olingan edi.

Bouli rahbarligi davrida “Chelsi” ikkita sovrinni qo‘lga kiritdi. Londonliklar 2025-yilda Konferensiyalar ligasi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting