locale OZ

Timur Kapadze: Maydonlar va binolarni tartibga soldik — O‘zbekiston futboli yuksalishi haqida

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqish arafasida turibdi va so‘nggi yillarda jadal taraqqiyot namoyon etmoqda. Qozog‘istonda efirga uzatilgan «Futbol Joly» dasturining navbatdagi sonida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi. U qozog‘iston futboliga begona emas — 2012–2014 yillarda «Aktobe» safida to‘p surib, 95 o‘yinda 16 gol urgan. U jamoa bilan Qozog‘iston chempionati va Superkubokda g‘olib chiqqan.

Intervyuda Kapadze O‘zbekiston futbolining o‘sish sabablarini quyidagicha izohladi:

— Xalqaro darajada natija ko‘rsatish va ommaviy futbolni rivojlantirish kerak. Biz futbol akademiyalarini tartibga soldik — maydonlar, binolar yangilandi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda har ikkinchi-uchinchi oiladan bola futbolga qatnaydi. Ana shunday muhitda yuqori saviyadagi futbolchilar yetishib chiqmoqda.

Ta’kidlash joizki, Kapadze suhbat davomida faqat o‘zbek futboli haqida emas, balki qozog‘ futboliga ham maslahat berdi — O‘zbekistoncha «futbol bum»ni takrorlash uchun nima qilish kerakligini ochiq oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting