locale OZ

Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin

Muzokaralar ayni paytda davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin
Фото: ЎФА

O‘zbekistonlik mutaxassis Timur Kapadze faoliyatini Indoneziyada davom ettirishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda Kapadzening Jakatarga borgani bilan bog‘liq suratlar tarqaldi.

“Vivagoal”ning yozishicha, Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) Kapadzeni milliy terma jamoa bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Muzokaralar ayni paytda davom etmoqda.

Bundan avval indoneziyalik jurnalist Afandi G‘azali Toshkentga kelib, Temur Kapadze bilan uchrashgan edi.

Ma’lumot uchun, Indoneziya terma jamoasi hozirda FIFA reytingida 122-o‘rinda bormoqda. Jamoani shu vaqtga qadar niderlandiyalik mutaxassis Patrik Kluivert boshqarib kelayotgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting