locale OZ

Tiago Silva Yevropaga qaytmoqchi

Silva 2024 yildan beri “Fluminense” safida to‘p surib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tiago Silva Yevropaga qaytmoqchi
ФОТО: Getty images

“Fluminense” jamoasi himoyachisi, 41 yoshli braziliyalik futbolchi Tiago Silva Yevropaga qaytishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Futbolchi Yevropa klublaridan biriga erkin agent sifatida o‘tishi mumkin. Tiago Silva oilasiga yaqinroq bo‘lishni xohlamoqda.

Silva 2024 yildan beri “Fluminense” safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

Braziliyalik futbolchi ilgari “Chelsea”, “PSJ”, “Milan”, “Portu” va boshqa bir qator jamoalarda ham faoliyat yuritgan.

Joriy mavsumda Tiago Silva barcha musobaqalarda jami 46 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvlarda u 4 ta gol urib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting