locale OZ

Tiago Silva Yevropaga qaytish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda

Braziliyalik himoyachi hozirda «Fluminense» sharafini himoya qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tiago Silva Yevropaga qaytish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

41 yoshli «Fluminense» himoyachisi Tiago Silva o‘z oilasiga yaqinroq bo‘lish uchun Yevropaga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Globo xabar berdi. Silvaning oilasi Angliyada istiqomat qiladi.

Futbolchi klubni mavsum oxirida tark etadi, garchi uning shartnomasi 2026 yil iyunigacha amal qilsa ham. Klub rahbariyati shartnomani uzaytirmoqchi, ammo futbolchining shaxsiy istagini ham tushunmoqda.

Himoyachi Italiyaning «Milan» klubidan tushishi mumkin bo‘lgan takliflarni ham rad etmaydi — Italiya matbuotiga ko‘ra, ushbu klub transfer uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda. Silva faoliyatini oilasi yaqinida yakunlamoqchi va uning uchun farzandlari yoniga tez-tez borib turish imkoniyati eng muhim omil. Uning farzandlari «Chelsi» akademiyasida to‘p suradi.

Qayd etilishicha, Silvaning rejalarida uch yil ichida murabbiylik faoliyatini boshlash ham bor.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq u «Milan», «PSJ» va «Chelsi» klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasi safida Tiago Silva 113 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting