Tiago Silva «Portu»ga o'tishga yaqin – manba
Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 600 ming yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
Braziliyalik himoyachi Tiago Silva Yevropa futboliga qaytishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko'ra, futbolchi "Portu" klubi bilan 2026 yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma borasida faol muzokaralar olib bormoqda. Shartnomada 2027 yilgacha uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Avvalroq Silva Braziliyaning "Fluminense" klubini erkin agent sifatida tark etgandi. "Fluminense" safida himoyachi 212 ta o'yinda ishtirok etgan, 19 ta gol urgan va jamoa sardori bo'lgan. Klubdagi faoliyati davomida u 2007 yilda Braziliya Kubogi sohibiga aylangan.
Transfermarkt portalining ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 600 ming yevroni tashkil etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist