locale OZ

Tiago Silva «Chelsi» murabbiylar shtabida ish boshlashi mumkin

Hozirda u UEFA B litsenziyasini olish ustida ish olib bormoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tiago Silva «Chelsi» murabbiylar shtabida ish boshlashi mumkin
ФОТО: Getty images

"Chelsi" sobiq himoyachisi Tiago Silvani klub murabbiylik roliga qaytarish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda ESPN Brasil xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, afsonaviy himoyachi hali ham "Portu"ni tark etish qarori ortidan o‘z variantlarini tahlil qilmoqda. Uning atrofidagilar ta’kidlashicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, "Chelsi"dagi murabbiylik lavozimi esa hozircha muhokama bosqichida. Silva klub bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolgan.

Braziliyalik futbolchi murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida bo‘lib, UEFA B litsenziyasini olish ustida ish olib bormoqda. Shuningdek, u "Chelsi"ning Kobhemda joylashgan mashg‘ulot bazasi yaqinidagi uyini ham saqlab qolgan.

Hozircha Tiago Silva faoliyatini yakunlab, murabbiylikka o‘tadimi yoki o‘yinchi sifatida davom ettiradimi — bu noma’lum.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting