locale OZ

Tiago Motta «Tottenhem» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Londonliklar rahbariyati qoniqarsiz natijalar sabab Igor Tudorni isteʼfoga chiqarmoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tiago Motta «Tottenhem» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Yuventus»ning sobiq ustozi Tyago Motta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, «Tottenhem» rahbariyati klubdagi qoniqarsiz natijalar sababli Igor Tudor o‘rniga yangi mutaxassis izlamoqda.

Ayni damda «Tottenhem» APL turnir jadvalida 29 ochko bilan 16-o‘rinni egallab turibdi. Xavfli zonadagi 18-o‘rinda borayotgan «Vest Hem» bilan farq atigi 1 ochkoni tashkil etadi, bu esa klub rahbariyatini zudlik bilan chora ko‘rishga undamoqda.

Motta 2025 yilning mart oyida «Yuventus»dan ketganidan buyon ishsiz qolmoqda. Avvalroq unga «Milan» va «Real Sosedad» klublaridan ham qiziqishlar bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozircha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar haqida rasmiy ma’lumot berilmadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting