The Best sovriniga asosiy nomzod boʻlgan 7 nafar murabbiy nomi maʼlum boʻldi
Oʻtgan mavsum ushbu mukofotni Karlo Anchelotti qoʻlga kiritgandi.
FOTO: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2025 yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga daʼvogarlar roʻyxatini eʼlon qildi.
FIFA The Best 2025 nomzodlari:
1. Mikel Arteta («Arsenal»).
2. Luis Enrike («PSJ»).
3. Hans-Diter Flik («Barselona»).
4. Enzo Mareska («Chelsi»).
5. Roberto Martines (Portugaliya).
6. Arne Slot («Liverpul»).
7. Xavyer Agirre (Meksika).
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilda ushbu mukofot italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottiga nasib etgandi.
Maʼlumot uchun, mukofot egalari turli nominatsiyalar boʻyicha FIFAga a'zo mamlakatlarning milliy jamoalari bosh murabbiylari va sardorlari, shuningdek, matbuot vakillarining ovoz berishi orqali aniqlanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist