The Best sovrini uchun asosiy nomzod boʻlgan 8 nafar darvozabon nomi maʼlum boʻldi
Oʻtgan mavsum ushbu sovrin Emiliano Martinesga nasib etgandi.
FOTO: Getty Images
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) oʻzining rasmiy saytida 2025 yilning eng yaxshi darvozaboni nominatsiyasiga daʼvogarlar roʻyxatini eʼlon qildi.
Nomzodlar ro'yxati quyidagicha:
1. Alisson Bekker («Liverpul»).
2. Tibo Kurtua («Real»).
3. Janluiji Donnarumma («PSJ» / «Man Siti»).
4. Emiliano Martines («Aston Villa»).
5. Manuel Noyer («Bavariya»).
6. David Raya («Arsenal»).
7. Yan Zommer («Inter»).
8. Voytsex Shesni («Barselona»).
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda ushbu sovrinni «Aston Villa» posboni Emiliano Martines qoʻlga kiritgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist