The Athletic. «Barselona» Rodri bo‘yicha kurashga qo‘shildi
Futbolchiga shuningdek, «Real» ham da’vogarlik qilayotgandi.
photo: gettyimages
The Athletic ning aytishicha, "Barselona" Rodri bo‘yicha kurashga qo‘shilgan. Futbolchiga shuningdek, "Real" ham da’vogarlik qilayotgandi.
Rodri Ispaniya terma jamoasi yetakchisi bo‘lsa-da, negadir men uni "Barselona"ga mos kelmaydi, deb o‘ylayman. Ispaniya va "Manchester Siti" to‘p nazoratiga asoslangan futbol namoyish etishadi va temp biroz pastroq.
"Barselona" ham ko‘proq to‘p bilan o‘ynasa-da, pozitsion o‘yin asosan raqib jarima maydoniga juda yaqin amalga oshiriladi va risklar ko‘proq. Bir tomondan yuqori liniyada o‘ynaydigan yosh "Barselona"ni Rodri xotirjamlashtirar balkim, lekin ikkinchi tomondan, Flikka yoshroq, jismonan ko‘proq xajm beradigan tayanch futbolchisi samaraliroq bo‘lishi mumkin.
Ibrohim Jalolov
Redaktor