Tezkor! Shahboz Umarov jarohat oldi
FОТО: Transfermarkt.com
Qozog'istonning “Turon” klubi a'zosi, hamyurtimiz Shahboz Umarov jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Umarov mashg'ulotlar chog'ida olgan jarohati sabab bo'lajak o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Tekshiruvlar shuni ko'rsatdiki, vakilimiz son qismini shikastlab olgan va kamida ikki haftaga safdan chiqqan.
Ma'lumot uchun, Shahboz Umarov joriy mavsum Premyer-ligada 3 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 400 ming yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist