locale OZ

Tezkor! O'tkir Yusupov Erondagi siyosiy vaziyat sabab jamoasini o'zgartirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tezkor! O'tkir Yusupov Erondagi siyosiy vaziyat sabab jamoasini o'zgartirishi mumkin
FOTO: UzbekistanFA

O'zbekiston milliy terma jamoasi va Eronning “Fulad” klubi darvozaboni O'tkir Yusupov siyosiy vaziyat sabab jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda u o'z intervyularidan birida ma'lum qildi.

“Eronda hozir urush bo'layotgani sabab hamma joylar yopiq. Shu sababdan FIFA'ga xat yozib, shartnomani bekor qilish masalasini o'ylab turibmiz. Agarda yaxshiroq takliflar bo'lsa, kelishuvni bekor qilib, takliflarni o'rganib chiqamiz”, - deydi Yusupov.

Ma'lumot uchun, O'tkir Yusupov joriy mavsum “Fulad” safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yubordi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 550 ming yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting