locale OZ

Tezkor. Iraola — «Liverpul» bosh murabbiyi (Romano)

Shartnoma imzolanishi haqida yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iraola – «Liverpul» bosh murabbiyi (Romano)
ФОТО: Getty images

«Liverpul» Andoni Iraolani klub bosh murabbiyi lavozimiga tayinlash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi.

So‘nggi 48 soat ichida muzokaralar sezilarli darajada ilgariladi va bitim tuzildi. Shartnoma imzolanishi haqida yaqin vaqt ichida e'lon qilinadi.

30 may kuni «Liverpul» bosh murabbiy Arne Slotning o‘z lavozimini tark etganini e'lon qilgandi.

43 yoshli mutaxassisning so‘nggi klubi «Bornmut» bo‘ldi, u joriy mavsum yakunida jamoani tark etdi. Iraola qo‘l ostida «olchalar» 57 ochko to‘plab, Angliya chempionati turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.

«Liverpul» 60 ochko bilan beshinchi o‘rinni egalladi. Ispaniyalik mutaxassis «Bornmut»ni 2023 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting