Terzich «Atletik» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin — Romano
Germaniyalik mutaxassis Edin Terzich Bilbaoning «Atletik» klubi bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. Basklar klubi rahbariyati 43 yoshli germaniyalik mutaxassisni ushbu lavozimda ko‘rmoqchi.
Terzichning so‘nggi ish joyi Dortmundning «Borussiya» klubi bo‘lgan edi. U yerda mutaxassis 2018 yildan 2024 yilga qadar yordamchi murabbiy, bosh murabbiy va texnik direktor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u faoliyati davomida «Vest Hem» va «Beshiktosh» klublarida ham mehnat qilgan.
Ayni damda «Atletik»ni Ernesto Valverde boshqarib kelmoqda. U 2022 yildan buyon jamoada ishlab kelmoqda va joriy mavsum yakunlangach, klubni tark etadi. Uning qo‘l ostida jamoa 192 ta o‘yin o‘tkazib, 91 ta g‘alaba, 43 ta durang va 58 ta mag‘lubiyat qayd etdi.