locale OZ

Terri Chempionship klubini boshqarishi mumkin

Jon hali bosh murabbiy sifatida ishlamagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Terri Chempionship klubini boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Angliya terma jamoasi va Londondagi "Chelsi" klubi sobiq futbolchisi Jon Terri Chempionship klubida ish boshlashi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Oksford Yunayted" rahbariyati 45 yoshli mutaxassis nomzodini jamoa bosh murabbiyi lavozimiga ko'rib chiqmoqda.

Terri hali bosh murabbiy sifatida ishlamagan. U bunga qadar "Lester" va "Aston Villa" murabbiylar shtabida ishlagan. Bundan tashqari, Jon "Chelsi" akademiyasida ham faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, "Oksford Yunayted" Chempionshipning 23-turidan so'ng 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 22-o'rinda bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting