locale OZ

Terma jamoaga Lyov kerakmi yo Kapadze? — Alisher Nikmabaevning fikri

Mashhur mutaxassis terma jamoa murabbiyi masalasida fikr bildirdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: UFA

O‘zbekiston futbol jamoasiga yangi murabbiy tayinlanishi masalasi muxlislar orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan tajribali mutaxassis Alisher Nikmabaev SPORTS.uz’ning «Uchtasi bittada» podkastida ishtirok etib, bu masalada o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, asosiy e’tibor murabbiyning ismi emas, balki uning maqsadi va ish muddati muhim. Nikmabaevga ko‘ra, agar murabbiy bir yoki bir yarim yilga keladigan bo‘lsa, undan kutilgan natija aniq bo‘lishi lozim — Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishmi, Osiyo Kubogida munosib ishtirok etishmi yoki shunchaki formallikmi?

«Bugun Lyov, ertaga Bilich — agar ular faqat bir turnir uchun keladigan bo‘lsa, bunday o‘zgarishlar muvaqqat bo‘ladi. Bizga qisqa muddatli emas, barqaror tizim kerak. Yangi futbolchilarni yaxshi taniydigan Kapadze kabi mahalliy mutaxassisga ishonishimiz kerakmi? Yoki uzoq muddatli reja asosida ishlaydigan xorijlik murabbiygami? Buni UFA hal qiladi», — dedi Nikmabaev.

U, shuningdek, Katanecning uslubi jamoaga moslashtirilgan bo‘lsa-da, u ko‘p bor tanqid qilinganini eslatdi. Bu esa jamoada ham uslub, ham tarkib jihatidan yangilanish zarurligini ko‘rsatadi.

Nikmabaev o‘z so‘zini shunday yakunladi:
«Biz faqat gapiramiz, tahlil qilamiz, ammo qarorni milliy futbol tizimini boshqarayotganlar qabul qiladi. Ular mas’uliyatni his etib, to‘g‘ri tanlov qilishi shart».

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting