Terens Krouford WBC kamaridan mahrum qilindi
Amerikalik bokschi mutlaq jahon chempioni unvonini yoʻqotdi.
FOTO: Getty Images
38 yoshli, mag‘lubiyatsiz amerikalik bokschi Terens Krouford ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi WBC chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Qaror sabablaridan biri sifatida Kroufordning WBC belgilagan komission to‘lovni amalga oshirmagani ko‘rsatildi.
U barcha WBC chempionlari kabi Saúl Alvaresga qarshi sentabr oyidagi jang uchun 300 ming dollar to‘lashi kerak edi. Ma’lum qilinishicha, bo‘shagan WBC kamarini Hamza Shiraz va Kristian Mbilli o‘zaro jangda qo‘lga kiritishga harakat qilishadi.
Shu tariqa, Krouford hozirda WBA Super, IBF, WBO va The Ring kamarlariga ega. Uning professional rekordida 42 g‘alaba (31 tasi nokaut) bor va birorta ham mag‘lubiyat qayd etilmagan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist