locale OZ

Ter Shtegenning \"Ayaks\"ga transferi barbod bo‘lishi mumkin

Tomonlar futbolchining maoshini klublar o‘rtasida taqsimlash borasida kelisha olmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegenning "Ayaks"ga transferi barbod bo‘lishi mumkin
Foto: Getty Images

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenning Amsterdamning "Ayaks" klubiga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, muammo faqat soliq masalalari bilan bog‘liq emas. Tomonlar futbolchining maoshini klublar o‘rtasida taqsimlash borasida kelisha olmayapti. Muzokaralardagi keskinlik transferning yakuniy bosqichda barbod bo‘lish xavfini oshirgan.

Hozircha 34 yoshli darvozabon "Barselona" safida qolib, jamoaning mavsumoldi yig‘inlarida ishtirok etmoqda. Shunga qaramay, u yozgi transfer oynasi yakuniga qadar kataloniyaliklar safini tark etishi kutilmoqda.

Ter Shtegen 2014-yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib keladi. U 2025/26-yilgi mavsumning ikkinchi qismini "Jirona"da ijara asosida o‘tkazgan, biroq jarohat sabab atigi ikki uchrashuvda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting