Ter Shtegen yanvarda APL klubiga oʻtishi mumkin
Nemis golkiperiing bozor bahosi yetti million yevro deb baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga tegishli boʻlgan nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen oʻz faoliyatini Tumonli Albionda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, londonlik "Tottenhem" posbonni oʻz safiga qoʻshib olishni istamoqda.
Oʻz navbatida, "Barselona" ter Shtegenni sotishga tayyor, ammo hozircha aniq muzokaralar olib borilmagan.
Ter Shtegen "blaugrana" safida 2014 yil yozidan beri toʻp surmoqda. Tomonlar oʻrtasidagi amaldagi shartnoma 2028 yil iyun oyi oxirida yakunlanadi. Nemis golkiperiing bozor bahosi yetti million yevro deb baholanmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist