Ter Shtegen uchun APLdan taklif bor
Birmingemliklar Martinezga o‘rinbosar izlamoqda.
Фото: Getty Images
"Aston Villa" Mark-Andre ter Shtegenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi argentinalik darvozabon Emiliano Martinezning holatidan norozi. Chunki uning bel qismida muammolar bor. Shu sabab u ba’zi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmayapti.
Germaniyalik futbolchi joriy mavsumda jarohatidan so‘ng "Barsa" safida Ispaniya kubogi doirasida "Deportivo Gvadalaxara"ga qarshi faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi (2:0).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist