locale OZ

Ter Shtegen Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin

Ter Shtegenning "Barselona" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen Turkiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Beshiktosh" klubi "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenni 8 mln yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kelishuv yanvar oyining boshida rasmiylashtirilishi mumkinligi aytilmoqda.

33 yoshli darvozabon bel sohasidagi jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanmoqda va keyingi oyda maydonga qaytadi. Shu sabab bu mavsum birorta uchrashuvda maydonga tushmadi.

Ter Shtegenning "Barselona" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo‘ljallangan. Agar futbolchi xohlasa, klub uni ijaraga berishga rozi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting