locale OZ

Ter Shtegen qishki transferlar vaqtida «Barselona» tark etmoqchi emas — manba

Germaniyalik darvozabonning kataloniyaliklar safida 2014 yildan buyon toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen qishki transferlar vaqtida «Barselona» tark etmoqchi emas — manba
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Barselona» klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen qishgi transfer oynasida vaziyatni keskin o‘zgartirish niyatida emas. Diario Sport’ning X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, nemis darvozaboni «ko‘k-anorranglilar»ga shuni ma’lum qilgan: u Turkiya kabi ekzotik yoki Angliya kabi uzoq mamlakatlarga ketishni rejalashtirmayapti.

Manbaga ko‘ra, ter Shtegen Barselonada yashashni davom ettirishni xohlaydi. Shu bois, darvozabon uchun yagona klubni o‘zgartirish varianti — Ispaniya La Ligasida o‘ynovchi Kataloniyaning «Jirona»ga ijaraga berilish bo‘lib qolmoqda.

Mark-Andre ter Shtegen «Barselona» safida 2014 yil iyulidan buyon to‘p surmoqda. 2025/2026 mavsumida esa darvozabon «ko‘k-anorranglilar» libosida faqat Ispaniya Kubogida bitta o‘yinda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting