locale OZ

Ter Shtegen operatsiya qilindi

«Jirona» «Barselona»dan ijaraga olingan darvozabon holati haqida ma’lumot berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen operatsiya qilindi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning «Jirona» klubi matbuot xizmati «Barselona»dan ijaraga olingan darvozabon Mark-Andre ter Shtegenning sog‘lig‘i borasidagi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi. Avvalroq germaniyalik posbon tizza osti payidagi jarohat sabab uzoq muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘lgan edi.

«Mark-Andre ter Shtegen olingan jarohat sababli operatsiya qilindi. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi, uning maydonga qaytish muddati tiklanish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi. Tezroq sog‘ayib ketishingni tilaymiz, Mark!» — deyiladi «Jirona»ning rasmiy bayonotida.

Ter Shtegen 2014 yilning yozidan buyon «Barselona» sharafini uzluksiz himoya qilib kelayotgan edi. 2026 yilning yanvar oyida darvozabon yarim yillik ijara asosida «Jirona» safiga ko‘chib o‘tdi. Nemis posboni yangi jamoasida bor-yo‘g‘i 2 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi va o‘z darvozasidan 2 ta gol olib chiqdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting