Ter Shtegen mashgʻulotlar vaqtida yana jarohat oldi
Jarohatning qanchalik jiddiy ekani shu hafta ichida aniqlanadi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jamoa mashg‘ulotlari vaqtida yana jarohat oldi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jarohatning qanchalik jiddiy ekani shu hafta ichida aniqlanadi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat futbolchining yanvar oyidagi ijara asosidagi transferiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Avvalroq OAVda ter Shtegen La Liga vakili «Jirona»ga ijaraga o‘tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Mark-Andre ter Shtegen 2014 yil iyulidan beri «Barselona» safida to‘p surib kelmoqda. 2025/2026 yilgi mavsumda u kataloniyaliklar safida atigi bitta o‘yinda — Ispaniya Kubogida maydonga tushgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist