locale OZ

Ter Shtegen Kataloniyaning boshqa klubiga o’tishi mumkin

Unga "Aston Villa" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen Kataloniyaning boshqa klubiga o’tishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen "Jirona"ga o‘tishga yaqinroq turibdi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi germaniyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib olish uchun maksimal darajada harakat qilmoqda va optimistik kayfiyatda. "Jirona" ikki klub o‘rtasidagi yaxshi ishchi munosabatlar kelishuvni muvaffaqiyatli yakunlashga yordam berishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda ter Shtegenga "Aston Villa" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting