locale OZ

Ter Shtegen «Jirona»ga o'tishga yaqin – Romano

Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen "Girona"ga o'tishga yaqin – Romano
ФОТО: Getty images

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o'z faoliyatini "Jirona" jamoasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, nemis darvozaboni joriy mavsum oxirigacha ijarada "Jirona" safida to'p suradi. Ayni paytda tomonlar kelishuvni yakunlash arafasida.

Ma'lumot uchun, ter Shtegen 2014 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 423 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 176 ta o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 7 million yevroga teng.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting