locale OZ

Ter Shtegen jarohat olganiga qaramay «Jirona»ni tark etmaydi

«Barselona» ijara shartnomasini bekor qilmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen jarohat olganiga qaramay «Jirona»ni tark etmaydi
FOTO: Getty Images

Darvozabonning jarohatiga qaramay, «Barselona» va «Jirona» o‘rtasidagi Mark-Andre ter Shtegen bo‘yicha tuzilgan ijara kelishuvi muddatidan avval to‘xtatilmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalisti Fernando Polo o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.

2 fevral kuni 33 yoshli germaniyalik posbonning son qismidan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi — tashxisga ko‘ra, mushaklarning yirtilishi va paylarning shikastlanishi aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tiklanish jarayoni ikki oygacha davom etishi mumkin.

Bunday vaziyatda «Jirona» ijarani muddatidan avval tugatish va darvozabonni «Barselona»ga qaytarish huquqiga ega edi. Biroq Polo aniqlik kiritishicha, Kataloniya klubi ijara shartnomasi iyun oyiga qadar o‘z kuchida qolishini tasdiqlagan. Shu bilan birga, agar zarur bo‘lsa, Ter Shtegen reabilitatsiya jarayonini «Barselona» bazasida o‘tashi mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, darvozabon 21 yanvar kuni «Jirona» safiga o‘tgan edi va jamoa tarkibida ikkita uchrashuvda — «Xetafe» (1:1) hamda «Ovyedo» (0:1)ga qarshi bahslarda maydonga tushishga ulgurdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting