Ter Shtegen «Barselona»ni doimiy tark etishi mumkin
«Barselona»ga tegishli darvozabon Mark-Andre ter Shtegen katta ehtimol bilan kataloniyaliklar safini doimiy ravishda tark etadi. Ayni paytda nemis darvozaboni «Ayaks»da ijara asosida to‘p tepmoqda. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» rahbariyati ter Shtegenning «Ayaks»dagi ijara muddati tugaganidan keyin uni doimiy transfer qilish imkoniyatiga ishonmoqda. Kataloniya klubida nemis darvozaboni Niderlandiyada o‘z qadrini namoyish eta olgan, degan fikr bor.
Shuningdek, «Barselona»da ter Shtegenning «Ayaks»dagi o‘yinlari unga qiziqishi mumkin bo‘lgan klublarni jalb etishga yordam berishiga umid qilinmoqda. Shu tariqa kataloniyaliklar futbolchini sotish orqali transfer mablag‘lariga ega bo‘lishni rejalashtirishi mumkin.
34 yoshli ter Shtegen joriy mavsumda «Ayaks» safida barcha musobaqalarda sakkizta uchrashuvda ishtirok etdi. Ushbu bahslarda nemis darvozaboni 13 ta gol o‘tkazib yubordi va ikki marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Ter Shtegenning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.