Ter Shtegen \"Barselona\"dan \"Ayaks\"ga o'tadi va shu hafta oxirida shartnoma imzolaydi - Romano
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini Niderlandiyada davom ettiradi. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, germaniyalik posbon “Ayaks”ga o‘tishga rozi bo‘lgan va tomonlar barcha asosiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ter Shtegen dam olish kunlari Amsterdamga borib, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng ijara shartnomasiga imzo chekadi. “Barselona” futbolchining maoshining asosiy qismini to‘lashda davom etadi, bu esa transferning amalga oshishida muhim omil bo‘ldi.
34 yoshli darvozabon 2014-yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib, klub bilan UEFA Chempionlar ligasi, La Liga, Ispaniya Kubogi va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Endilikda u yangi mavsumni “Ayaks” safida o‘tkazishi kutilmoqda.