Ter Shtegen «Barselona»dagi jamoadoshlari bilan xayrlashdi
Nemis posboni tez orada «Jirona» bilan shartnoma imzolaydi.
FOTO: Getty Images
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen klubning mashg‘ulot bazasida jamoa a’zolari bilan xayrlashdi. Tez orada «ko‘k-anorranglilar» futbolchilari Chexiyaning «Slaviya» klubiga qarshi Chempionlar ligasi 7-tur uchrashuviga jo‘nab ketadi, nemis darvozaboni esa «Jirona» bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ter Shtegen Chexiyaga bormaydi, shunda transfer jarayoni xavfsiz bo‘ladi. «Barselona» va «Jirona» darvozabonni 30 iyungacha ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Avvalroq OAVda ter Shtegen ijara davrida «Jirona»dagi maoshining katta qismini «Barselona» to‘lab turishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan. Bu yangi klub uchun uning 17 million yevrolik oyligi qiyin bo‘lgani bilan bog‘liq.
Nasrullo Karimov
Jurnalist