locale OZ

Ter Shtegen «Ayaks»ga o'tishi mumkin

Tomonlar kelishuvga yaqin turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ter Shtegen «Ayaks»ga o'tishi mumkin
ФОТО: Getty images

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen faoliyatini “Ayaks”da davom ettirishi mumkin.

Insayder Janluiji Longarining ma'lum qilishicha, Amsterdam klubi 34 yoshli nemis posbonining to‘liq transferi bo‘yicha «Barselona» bilan muzokaralar olib bormoqda va tomonlar kelishuvga yaqin turibdi.

Avvalroq klublar futbolchini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqqan edi. Biroq hozirgi vaqtda muzokaralar doimiy transfer yuzasidan davom etmoqda.

Ter Shtegen 2014 yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. U 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi qismini “Jirona”da ijarada o'tkazdi, ammo jarohati tufayli atigi ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

Ma'lumot uchun, «Ayaks» kelasi mavsumda Konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting