locale OZ

Teo Ernandes \"Al-Hilol\"ning taklifini rad etishi mumkin

Futbolchi Yevropada qolishni istamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Teo Ernandes "Al-Hilol"ning taklifini rad etishi mumkin
Photo: Getty Images

“Milan” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Teo Ernandes Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga o‘tmasligi mumkin, deya xabar beradi insayder Fabrizio Romano.

Manbaga ko‘ra, shartnoma shartlari bo‘yicha tomonlar kelisha olishmagan. Teo yakuniy qarorga kelmagan.

Qayd etilishicha, “Al-Hilol” boshqa futbolchilarni kuzatishga kirishishi mumkin.

Oldinroq OAVda “Milan” va “Al-Hilol” 30 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda Ernandes barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting