locale OZ

Tennischilarimiz «Rolan Garros» turnirida qatnashishadi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tennischilarimiz «Rolan Garros» turnirida qatnashishadi
Фото: Olympic.uz

24-may – 7-iyun kunlari tennis olamidagi eng nufuzli startlardan biri – “Rolan Garros” turniri boʻlib oʻtadi. Ayni paytda ushbu musobaqaning saralash bahslari oʻtkazilmoqda.

Mamlakat tennis federatsiyasining maʼlum qilishicha, unda oʻzbekistonlik raketka ustalari ham ishtirok etishadi. Jahon tasnif jadvalida 89-pogʻonani egallab turgan Kamila Rahimova turnirning asosiy davrasiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻl olgan.

Mariya Timofeyeva (119) hamda Polina Kudermetova (125) esa ishtiroklarini saralash bosqichidan boshlashadi. Bugun tennischilarimiz kvalifikatsiyaning ilk davrasida quyidagi raqiblariga qarshi kortga chiqishadi:

Mariya Timofeyeva – Breys Kedens (Kanada, 202)
Polina Kudermetova – Anouk Kovermans (Niderlandiya, 158)

Shuningdek, oʻsmirlar toifasidagi bahslarda 18-reytingda joylashgan Nikita Belozersev ham qatnashadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting