locale OZ

Ten Xag faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ten Xag faoliyatini qayerda davom ettirishi ma'lum bo'ldi
FOTO: UZPFL

“Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag Leverkuzenning “Bayer” klubini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ten Xag va “Bayer” o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda. Qayd etilishicha, Xabi Alonso katta ehtimol bilan “Real Madrid”da ish boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, gollandiyalik mutaxassis 2024-yilning oktyabr oyida “Manchester Yunayted”dan iste'foga chiqqandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, ten Xagning shartnomasini muddatidan avval bekor qilganlik uchun tovon xarajatlari taxminan 23 million yevroni tashkil qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting