Ten Hag Niderlandiya terma jamoasini boshqarmasligini aytdi
Murabbiy "Twente"dagi faoliyatini davom ettirmoqchi
ФОТО: Getty images
Erik ten Hag Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyligi lavozimiga nomzod emasligini ma'lum qildi.
"Manchester United"ning sobiq ustozi ayni paytda butun diqqatini "Twente" klubidagi texnik direktor sifatidagi faoliyatiga qaratayotganini ta'kidladi.
Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi Ronald Koeman jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng terma jamoani tark etgach, uning o‘rniga nomzodlar qatorida Ten Hag ham ko‘rib chiqilgan edi.
"Men bu lavozim uchun mavjud emasman. Bu qarorni ongli ravishda qabul qildim. Kamida keyingi ikki yil davomida faqat shu ishimga to‘liq e'tibor qaratishni istayman. Menga bu yer yoqadi va klubning yanada rivojlanishiga yordam bermoqchiman", — dedi Ten Hag AD nashriga bergan intervyusida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist