locale OZ

Ten Hag: \"Bayer\" — Yevropa futbolining elit klublari qatoriga kiradi\"

U Leverkuzen klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Ten Hag: "Bayer" — Yevropa futbolining elit klublari qatoriga kiradi"
Photo: Getty Images

Erik ten Hag "Bayer" bosh murabbiyi etib tayinlangach, klub haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Bayer" Germaniyaning eng yaxshi klublaridan biri va Yevropa futbolining elit klublari qatoriga kiradi.

Klubda ishlash uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan. Rahbariyat bilan muloqot menga katta taassurot qoldirdi.

Men "Bayer"ga klubning so‘nggi yillarda ortgan ambitsiyalarini amalga oshirish uchun keldim. Bu — o‘ziga xos davrda birgalikda yangi jamoani qurish va katta maqsadli loyihani amalga oshirish men uchun muhim vazifa hisoblanadi, – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Ma'lumot uchun, Erik "Bayer"da Xabi Alonsoning o‘rnini egalladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting