locale OZ

Temur Kapadze Pablo Bentuning ehtimoliy tayinloviga munosabat bildirdi

“Eng muhimi — Milliy jamoamiz kuchli bo‘lsin”
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Temur Kapadze milliy jamoamizga Pablo Bentuning bosh murabbiy etib tayinlanishi haqidagi xabarga o‘z fikrini bildirdi.

Kapadze ta’kidlashicha, hozir jamoa “Do‘stlik”dagi yangi bazasida mashg‘ulotlar olib bormoqda va Pablo Bentuning Toshkentga kelgani ma’lum. Biroq kelishuv masalasi haqida hech qanday rasmiy ma’lumot yo‘q.

“Hammamiz uchun eng asosiysi — Vatan jamoasi. Agar Bentu bosh murabbiy bo‘lib tayinlansa, xayrli bo‘lsin. Biz har doim milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Internetda aytilayotgan turli gap-so‘zlarga qaramay, muxlislardan olgan qo‘llab-quvvatlovim uchun minnatdorman. Bu yerda asosiy maqsad — futbolchilarga yaxshi kayfiyat va kuchli energiya berishdir”, — dedi u.

Kapadze, shuningdek, rahbariyatning tajribali murabbiy bilan ishlash niyati milliy jamoa uchun ijobiy natija berishi mumkinligini qayd etdi.

“Jahon chempionatiga ko‘p vaqt qolmadi. Milliy jamoamiz ilk bor Mundilda ishtirok etadi. Xudoga shukur, qisqa vaqt davomida bo‘lsa ham jamoani boshqarish sharafiga muyassar bo‘ldim. Xalqimizning 34 yillik orzusi amalga oshdi. Eng muhimi, terma jamoamiz kuchli bo‘lsin va xalqimiz bundan xursand bo‘lsin”, — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting