locale OZ

Temmi Abraham uchta asosiy yevrokubokda gʻolib chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi

Avvalroq «Aston Villa» Yevropa Kubogi sohibi boʻlgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Temmi Abraham uchta asosiy yevrokubokda gʻolib chiqqan ikkinchi futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

«Aston Villa» hujumchisi Temmi Abraham UEFA Yevropa ligasi 2025/2026 yilgi mavsumi finalida Germaniyaning «Frayburg» klubi ustidan qozonilgan gʻalabadan (3:0) soʻng, faoliyati davomida uchta asosiy yevrokubokda zafar quchgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda birmingemliklar klubi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Muqaddam angliyalik forvard 2020/2021 yilgi mavsumda «Chelsi» safida Chempionlar Ligasida, 2022 yilda esa «Roma» bilan Konferensiyalar ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan edi. Futbol tarixida bunday koʻrsatkichni qayd etgan ilk futbolchi Abrahamning sobiq jamoadoshi, ayni paytda «Marsel» sharafini himoya qilayotgan Emerson Palmieri hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Temmi Abraham qishki transfer oynasida Turkiyaning «Beshiktosh» klubidan «Aston Villa» safiga kelib qoʻshilgan edi. U ingliz jamoasi safida hozirgacha 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga erishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting