locale OZ

Tedesko «Bolonya»ni boshqarishi mumkin

40 yoshli Domenikoning avvalgi klubi Turkiyaning “Fenerbaxche”si bo‘lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tedesko «Bolonya»ni boshqarishi mumkin
ФОТО: Getty images

Belgiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Italiyaning “Bolonya” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

“Domeniko Tedeskoni “Bolonya”ga yangi murabbiy etib tayinlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. 2028-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma tayyor. “Bolonya” Daniel De Rossi va Raffaele Palladinoga murojaat qilgan edi, ammo ular rad etishdi”, — deb yozdi Skira.

40 yoshli Domeniko Tedeskoning avvalgi klubi Turkiyaning “Fenerbaxche”si bo‘lgan.

“Bolonya” Italiya chempionatining 2025/2026-yilgi mavsumi yakunlariga ko‘ra sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting