Tedesco «Fenerbahche» bilan 11 o‘yindan beri yutqazmayapti
Bu davrda jamoa 8 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi.
ФОТО: Getty images
"Fenerbahche" Tedesco qo‘l ostida ikki oydan beri yutqazmayapti.
Domenico Tedesco boshchiligidagi "Fenerbahche" ketma-ket 11 o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi.
Turk klubi Yevropa Ligasi doirasida o‘z maydonida "Ferentsvarosh" (1:1) bilan durang o‘ynadi.
Belgiya terma jamoasi sobiq murabbiyi boshchiligidagi "Fenerbahche"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 24 sentyabrdan buyon davom etmoqda. Bu davrda jamoa 8 ta g‘alaba va 3 ta durang qayd etdi.
“Kanareykalar” klubi Turkiya chempionatida 2-o‘rinda borayotgan "Fenerbahche" o‘zidan bir ochko ko‘p jamg‘argan "Galatasaroy"ni qabul qiladi. O‘yin 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist