Tchuameni: «Bu qiyin savol, sovringa loyiq bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p»
Orelen Tchuameni «Oltin to‘p» kimga topshirilishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
photo: gettyimages
Orelen Tchuameni «Oltin to‘p» kimga topshirilishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
«Bu qiyin savol, sovringa loyiq bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p.
Kilian Mbappe ajoyib mavsum o‘tkazdi va menimcha, u bu sovringa loyiq. Usmon Dembele ham — «Pari Sen-Jermen» safida qilgan ishlari va yana bir bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqqanidan keyin. Maykl Olise ham bor.
«Oltin to‘p» Fransiyaga qaytishi kerak»,-dedi futbolchi.