Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: Amadu Dumbuya 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Tartib-intizom qo‘mitasi qarori: Amadu Dumbuya 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
O‘zbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, «Dinamo» yarimhimoyachisi Amadu Dumbuya 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Superliga 13-turi doirasidagi «Surxon» - «Dinamo» (1:2) o‘yinining 61-daqiqasida «Dinamo» futbolchisi Amadu Dumbuya to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib jamoa futbolchisining himoyalanmagan qismini bosib olgani uchun qizil kartochka ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan Amadu Dumbuyaga nisbatan 3ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) hamda 3 million so‘m jarima intizomiy chorasi qo‘llanilsin», - deyiladi O‘zPFL tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilish bayonida.
Shu tariqa, «Qo‘qon-1912» va «Neftchi»ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan Dumbuya «Lokomotiv» bilan bahsda ham maydonga tusha olmaydigan bo‘ldi.