«Tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi va mening kumirim». Sherki — Ronaldu haqida
Fransiyalik futbolchi Krishtianu haqida iliq fikrlarni bildirdi.
ФОТО: Getty images
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rayan Sherki “An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atadi.
"Ronaldu – tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi. U mening kumirim, meni eng ko‘p ilhomlantiradi", – dedi Sherki Telefoot nashriga bergan intervyusida.
Avvalroq 41 yoshli hujumchi Portugaliya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilgan edi — bu uning ketma-ket oltinchi jahon chempionati.
Ronaldu dunyoda terma jamoalar tarkibidagi gollar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi – uning hisobida 226 ta o‘yinda 143 ta gol bor.
JCh-2026 da K guruhida Portugaliyaning raqiblari Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bo‘ladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist