locale OZ

Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi

Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Tarixda ilk bor o‘zbekistonlik futbol mutaxassislari FIFA qo‘mitasiga tayinlandi
Фото: Olympic.uz

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi FIFA bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Yurtimiz 2024-yilda ilk bor FIFA miqyosidagi futzal bo‘yicha Jahon chempionatini qabul qilgan bo‘lsa, 2027-yilga kelib yoshlar o‘rtasidagi Mundialga mezbonlik qilishi rejalashtirilganidan xabaringiz bor.

FIFAning Futbolda texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli rivojlanish qo‘mitasi (Football Technology, Innovation and Digital Transformation Committee) — futbolni zamonaviy texnologiyalar orqali rivojlantirishga qaratilgan eng muhim tuzilmalaridan biri hisoblanadi.

Qo‘mita VAR, golni aniqlash texnologiyasi, yarimavtomatik ofsayd tizimi, raqamli monitoring, sun’iy intellekt kabi innovatsion yechimlarni rivojlantirish, sinovdan o‘tkazish va futbolga joriy etish ustida ish olib boradi. FIFA Kengashining qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov 2025–2029-yillar uchun ushbu qo‘mitaning rais o‘rinbosari etib tayinlandi. Qo‘mitaga FIFAning Futbol texnologiyalari bo‘yicha direktori Yohannes Holzmüller rahbarlik qiladi.

Shuningdek, O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov Sohil futboli qo‘mitasiga (Beach Soccer Committee), O‘FA ayollar futbolini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Yuliya Panina Ayollar milliy terma jamoalari o‘rtasidagi musobaqalar qo‘mitasiga (Women's National Team Competitions Committee) tayinlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting