Tarixda ilk bor ikki ispan murabbiyi Chempionlar ligasi finalida toʻqnash keladi
Chempionlar ligasi va Yevropa chempionlari kubogi tarixida ilk bor finalda ikki ispan murabbiyi toʻqnash keladi. Bu haqda taniqli jurnalist Pedro Martin oʻzining X sahifasida xabar berdi.
Hal qiluvchi uchrashuvda sovrin uchun Luis Enrique boshchiligidagi “Pari Sen-Jermen” Mikel Arteta boshqarayotgan “Arsenal” bilan toʻqnash keladi.
Bungacha turnir (Chempionlar ligasi va Yevropa chempionlari kubogi) tarixida finallarda bir mamlakatdan murabbiylarning bir vaqtda toʻqnash kelishi atigi toʻrt marta sodir boʻlgan edi: 1979 — “Nottingem Forest” (Brayan Klaf) va “Malmyo” (Bob Hafton); 2003 — “Yuventus” (Marchello Lippi) va “Milan” (Karlo Anchelotti); 2013 — “Borussiya” (Yurgen Klopp) va “Bavariya” (Yupp Haynkes); 2020 — “PSJ” (Tomas Tuxel) va “Bavariya” (Hans-Diter Flik).
Joriy Chempionlar ligasining final oʻyini 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda boʻlib oʻtadi.